Irkutskda o‘zbekistonlikni o‘g‘irlab ketib, uni evaziga mashina va 50 ta qo‘y talab qilishdi

Rossiyaning Irkutsk shahrida besh nafar Rossiya fuqarosi o‘zbekistonlikni o‘g‘irlab ketib, uni ozod etish evaziga narxi 2,4 million rubl bo‘lgan avtomobil va 50 ta qo‘y talab qilishdi.
Sputnik

TOShKENT, 21 mar – Sputnik. Rossiyaning Irkutsk shahrida besh nafar Rossiya fuqarosi o‘zbekistonlikni o‘g‘irlab ketib, uni ozod etish evaziga narxi 2,4 million rubl bo‘lgan avtomobil va 50 ta qo‘y talab qilishdi.

Irkutsk viloyati prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi fermer xo‘jaligini yuritish maqsadida ma’suliyati cheklangan jamiyat tashkil etadi. U 45 yashar Irkutskda yashovchi fuqaroni tashkilotning ijro etuvchi direktori etib tayinlaydi.

Qozog‘istonlik tadbirkor ayol o‘zbekistonlik erkakni o‘g‘irlab ketdi

Ijro etuvchi direktor ish haqini jabrlanuvchi bilan kelishilgan og‘zaki kelishuvga qaraganda 4 baravar kam olgan. Shu bois u o‘z tanishlaridan o‘zbekistonlikni ushlab, u bilan hisob-kitob qilib olishga yordam berishlarini so‘raydi.

Ular jabrlanuvchi bilan kafeda uchrashishadi va unga nisbatan jismoniy kuch ishlatib, sog‘ligiga yengil zarar yetkazishadi. Bundan tashqari, jinoyatchilar o‘zbekistonlikka pichoq va pistolet bilan tahdid qilib, ijro etuvchi direktorga o‘zining avtomobili va fermadagi 50 ta qo‘yni berishlarini talab qilashadi.

Yosh yigitlar o‘zbekistonlikni majburan mashinaga o‘tqazib, uning uyiga borishadi. Jabrlanuvchining uyidan mashina hujjatlarini olib ketishadi. Shundan so‘ng o‘z maqsadlariga erishgan jinoyatchilar o‘zbekistonlikni qo‘yib yuborishadi.

Hozirda O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan jinoyat sodir etgan shaxslar ustidan tergov harakatlari yakunlanib, jinoiy ish Irkutskning Kuybishev tuman sudiga oshirilgan.