TOShKENT, 20 mar — Sputnik. 23 martdan boshlab Toshkentda isitish tizimi reja asosida o‘chiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
“Joriy yilning 23-martidan boshlab havo harorati ko‘tarilishi munosabati bilan Toshkent shahrida isitish tizimini reja asosida navbatma-navbat o‘chirish bo‘yicha ishlar olib boriladi”, - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 25-martdan boshlab Toshkentda issiq suvni rejalashtirilgan tarzda o‘chirish boshlanishi haqida xabar qilgan edik.