TOShKENT, 19 mar – Sputnik. Yoqutistonlik ayolni zo‘rlashda ayblanayotgan shaxs hibsga olindi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Xabarda qayd etilishicha, yana ikkita gumon qilinuvchi shaxs ham qo‘lga olingan.
Rossiya Tergov qo‘mitasining tergov boshqarmasining xabar qilishicha, yoqutistonlik ayol 17-mart kuni kechasi jinoyatchilarning qurboniga aylangan. U ishdan uyga qaytayotgan paytda Toyota Corolla rusumli mashina haydovchisi uni majburan mashinaga o‘tqazib, garajlar joylashgan tomonga olib ketadi. U yerda avtomobil salonida ayolni zo‘rlaydi. Shundan so‘ng u ayolni avtomobil tuzatish ustaxonasiga olib borib, uni ikkita do‘stining ixtiyorida qoldiradi. Keyinchalik ayol ariza bilan Tergov qo‘mitasiga murojaat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy Osiyo respublikalaridan biridan bo‘lgan fuqaro o‘z tanishlari yordamida yoqutistonlik ayolni o‘g‘irlab ketib va zo‘rlagandan so‘ng Yakutsk shahri markaziy maydonida 200 ga yaqin mahalliy aholi norozilik namoyishiga chiqqani va miting ishtirokchilari hukumatdan migrantlarga qarshi qonunchilikni keskinlashtirishni va aybdorlarni jazolashni talab qilishgani haqida xabar qilgan edik.