Toshkentda 21 yashar ayolni Dubayga fohishalikka yuborayotgan shaxs qo‘lga olindi

Surishtiruvda jinoyatchi Dubay shahrida qo‘shmachilik bilan shug‘ullanuvchi “Shahnoza” ismli ayol bilan oldindan til biriktirib, uning ko‘magida ayolga aviachipta sotib olganligi aniqlanadi.
Sputnik

TOShKENT, 19 mar - Sputnik. Toshkentda 21 yashar ayolni Dubayga fohishalikka yuborayotgan shaxs qo‘lga olindi.

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining ma’lum qilishicha, 14-mart kuni O‘zbekiston IIV hamda Jizzax viloyati IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkaziladi. Tadbir natijasida Toshkent shahridagi I.Karimov nomidagi xalqaro aeroportda Buxoro viloyatida yashovchi 35 yoshli N.Sh. BAAning Dubay shahriga 21 yoshli N.J. ismli ayolni shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun yuborayotgan vaqtida qo‘lga olinadi.

Toshkent aeroportida tezkor tadbir: Dubayga fohishalikka olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi

Surishtiruv davomida N.Sh. Dubay shahrida qo‘shmachilik bilan shug‘ullanuvchi “Shahnoza” ismli ayol bilan oldindan til biriktirib, uning ko‘magida N.J.ga aviachipta sotib olganligi va N.J. Dubay shahriga yetib borgandan so‘ng, avvaliga 3500 AQSh dollari ishlab berishi kerakligi aniqlandi, deyiladi xabarda.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.