Toshkent dunyoning yashash uchun eng arzon shaharlaridan biriga aylandi

Economist Intelligence Unit ekspertlari har yilgi Worldwide Cost of Living report hisobotini e’lon qildi.
Sputnik

TOShKENT, 19 mar - Sputnik. Economist Intelligence Unit ekspertlari har yilgi Worldwide Cost of Living report hisobotini e’lon qildi. Hisobotda 2019-yilda istiqomat qilish uchun eng qimmat shaharlar ro‘yxatini aniqlandi.

Tahlilchilar dunyodagi 133 ta shaharda non va birinchi ehtiyoj bo‘yicha boshqa tovarlar narxini taqqoslashdi. Qiyosiy tahlilda Nyu-Yorkda istiqomat qilish narxi asos qilib olindi, u jami 100 ballni tashkil etgan.

Toshkent yashash uchun eng yaxshi shaharlar reytingida Dushanbeni ortda qoldirdi

Shuningdek, reytingda o‘rin olishga mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat va mahalliy valyuta kursi ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu reytingda Nyu-York shahrining o‘zi 7-pog‘onani egallagan.

Bu yilgi reytingda dastlabki uchta o‘rinni bir vaqtning o‘zida uchta shahar egalladi - Parij, Gonkong va Singapur. Shuningdek, reytingning birinchi o‘ntaligiga Surix (Shveysariya),  Jeneva (Shveysariya), Osaka (Yaponiya), Seul (Janubiy Koreya), Kopengagen (Daniya), Nyu-York (AQSh), Tel-Aviv (Isroil), Los-Andjeles (AQSh) shaharlari kiritilgan

Rossiya poytaxti Moskva reytingning 102-pog‘onasini egalladi.

Economist jurnali versiyasiga ko‘ra, Venesuala poytaxti Karakas, Suriyaning Damashq va O‘zbekiston poytaxti Toshkent eng arzon shaharlar deb tan olingan. Eng arzon shahar ichida Qozog‘istonning Olmaota shahri 4-o‘rinni egalladi.