Italiya sobiq chempioni Toshkentda snoubord uchishni o‘rgatadi

Mutaxassis aytishiga ko‘ra, tog‘ chang‘isi va snoubordda uchishga 5-6 yoshdan boshlab o‘rgansa bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 18 mar – Sputnik. Toshkentdagi Ice City muz saroyida italiyalik mutaxassis chang‘i va snoubordda uchishni o‘rgatadi, deb xabar qilmoqda Uznews.uz.

Humo Arena - birinchi muz sporti saroyi

Ice City muz saroyi tarkibida joylashgan Ski Slope - hozircha O‘zbekistonda yagona bo‘lgan tog‘ chang‘isi bo‘yicha yopiq trassadir. Bu yerda yil davomida tog‘ chang‘isi va snoubordda uchishni o‘rganish mumkin. Tog‘ chang‘isi trassasi loyihasi italiyalik mutaxassis Matteo Giassa yordamida yaratilgan. Ayni amda uning o‘zi tog‘ chang‘isi bo‘yicha bo‘lajak instruktorlarni tayyorlash bilan shug‘ullanmoqda.

Matteo Giassa – tog‘ chang‘isining fristayl uslubi bo‘yicha Italiya chempioni, snoubordda uchish pionerlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi 30-yil davomida tog‘ chang‘isi uchun trassalar loyihasi bilan shug‘ullanadi.