Besh yil ichida Qrim elektr energiyasi eksportoriga aylandi - Putin

Besh yil ichida Qrim elektr energiyasiga to‘la muhtoj bo‘lgan hududdan, uning eksportoriga aylandi dedi Putin.
Sputnik

TOShKENT, 18 mar – Sputnik. Vladimir Putin bugun Qrim yarim orolida 2ta yangi IESlar ochilish marosimida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Ukraina razvedkachilari Qrim yarimorolida terakt uyushtirmoqchi bo‘ldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Balaklava IESining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Prezident, shuningdek Tavricheskaya IES hamda "Port" qo‘shimcha elektr stansiyasining ochilish marosimida videokonferensiya rejimida ishtirok etdi.

Ochilish marosimida, shuningdek, bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Kozak, energetika vaziri Aleksandr Novak, Qrim rahbari Sergey Aksenov hamda "Rostex" davlat korxonasi rahbari Sergey Chemezov ishtirok etdi, deyilgan xabarda.

Vladimir Putin aytishiga qaraganda Balaklava elektr stansiyasi ishga tushganidan so‘ng, Qrim elektr energiyasini eksport qilishi ham mumkin bo‘ladi.

"Bugun Qrimning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji 1000-1100 MVtni tashkil qiladi. Yangi IESlar ishga tushganidan so‘ng, Qrim energai ishlab chiqarish quvvati 2070 MVtga yetdi. Bunday hajmdagi energiya nafaqat o‘z ehtiyojlarini qondirishga, balkim qo‘shni hududlarga eksport qilish imkonini beradi”, - dedi Rossiya prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, Qrim 2014-yilda o‘z hududida faqat 160 MVt energiya ishlab chiqqargan. Elektr energiyasining qolgan qismi Ukrainadan olib kelingan. Qrim Rossiyaga qo‘shilganidan keyin Ukraina radikallari yuqori voltli elektr uzatish liniyalarini portlatib, Qrimni bir necha vaqtga elektrsiz qoldirishgan edi. O‘shanda Rossiyadan olib kelingan qo‘chma elektr stansiyalari yordamida muammoni hal qilishga muvaffaq bo‘lingan edi.