TOShKENT, 18 mar – Sputnik. Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi ayol ehtiyotsizligi tufayli vafot etdi.
O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining ma’lum qilishicha, 15-mart kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumani Gala qishlog‘ida yashagan S.O. ismli ayol uyi oshxonasida suvni isitish maqsadida gaz plitasi ustiga chelak qo‘ymoqchi bo‘ladi. Ammo ehtiyotsizligi tufayli olov kiyimiga o‘tib, u yonib ketgan.
Natijada fuqaro kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.
Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.