Samarqandda ko‘pkari bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi

Ko‘pkarida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘onistondan chavandozlar ishtirok etishdi. Bosh sovrini - Chevrolet Lacetti avtomobili bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 17 mar – Sputnik. Samarqand viloyatining Jomboy tumanida viloyat hokimligi hamda Ot sporti federatsiyasi ko‘magida ko‘pkari bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

O‘zbekistonda xalqaro ko‘pkari o‘yinlari o‘tkaziladi

Navro‘z bayrami arafasida o‘tkazilayotgan ushbu musobaqada O‘zbekistonning turli shaharlaridan hamda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘onistondan chavandozlar ishtirok etishdi.

Musobaqa g‘oliblariga ko‘plab qimmatli sovg‘alar taqdim etildi. Ular orasida 60 ta tuya, 50ta televizor, kir yuvish mashinalari sovutgichlar, gilamlar va pul mukofotlari bor edi.

Musobaqaning bosh sovrini esa, an’anaga ko‘ra – avtomobil bo‘ldi. Yap-yangi Chevrolet Lacetti esa –jizzaxlik polvon Orif Shodiyorovga taqdim etildi. Shodiyorov Pantera laqabli qorabayir zotli otda ishtirok etdi.

Shuningdek, turnir doirasida O‘zbekiston va Qozog‘istonlik polvonlar jamoalari orasida musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekis tonlik polvonlar 3:2 hisobida g‘olib  chiqishdi.

Samarqandda ko‘pkari bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi