Penzada o‘z vatandoshini o‘ldirgan o‘zbekistonlik 7-yilga qamaldi

Migrant o‘z vatandoshini kafedagi ziyofatdan so‘ng bo‘g‘ib o‘ldirgan.
Sputnik

TOShKENT, 15 mar – Sputnik. O‘z hamkasbi va hamurtini ish yuzasidan yuzaga kelgan mojaro oqibatida o‘ldirgan O‘zbekiston fuqarosi Penzada 7-yilga ozodlikdan mahrum qilindi, deb xabar berdi Tergov qo‘mitasining mintaqaviy boshqarmasi.

Rossiyada mehnat migrantlari ommaviy emlanadi

Tergov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Penzaga ishlashga kelgan o‘zbekistonlik ikki quruvchi 2018-yil 2-sentabrida ishdan keyin kafeda ziyofat uyushtirgan, uyga qaytgach, ular o‘rtasida mojaro yuzaga kelgan. Jabrdiyda o‘z ishi va ish haqidan qattiq norozi bo‘lganligi aytilmoqda.

Tergovchilarning aniqlashicha, janjal vaqtida ayblanuvchi o‘z birodarini kaltaklagan va qo‘llari bilan bo‘ynidan qattiq siqib, bo‘g‘ib qo‘ygan. So‘ngra, o‘ziga kelar, degan umidda tashqariga olib chiqqan.

"Sud hukmi bilan erkakka yetti yillik qamoq jazosi belgilandi. U jazoni qattiq tartibdagi koloniyada o‘taydi. Sud hukmi qonuniy kuchga kirgani yo‘q", - deyiladi xabarda.