Xonanda Shahzoda Kreml sahnasida qo‘shiq kuylaydi

Konsertda Rossiya estradasining taniqli artistlari ishtirok etadilar
Sputnik

TOShKENT, 16 mar – Sputnik. O‘zbekistonlik xonanda Shahzoda 21-mart kuni Kreml sahnasida chiqish qiladi. U ommabop musiqa sohasida topshiriladigan BraVo  - xalqaro professional musiqa mukofoti taqdirlash marosimida ishtirok etadi.

Eksklyuziv: Lola Yo‘ldosheva Rossiyadagi hayoti va ijodi haqida intervyu berdi

Tashkilotchilar xabariga ko‘ra, xonanda Filipp Kirkorov, Dima Bilan va Tamara Gverdsitelilar bilan bir sahnada chiqish qiladi.

Keng ko‘lamli shouda shuningdek, amerikalik xonanda Maykl Bolton, Buyuk Britaniyadan Leon Lyuis va irlandiyalik rok-musiqachi Kris de Burglar ishtiroki kutilmoqda.

Musiqiy ekspertlar turli nominatsiyalarda g‘oliblarni aniqlaydilar. Xususan, "Yil qo‘shiqchisi", "Yil musiqiy videosi", "Yil qo‘shig‘i" yo‘nalishlarida mohir ijrochilar kimligi oydinlashadi.