2021 yil Samarqandda turli davlatlarning mohir vinopazlari to‘planadilar

Ushbu kongressning Samarqand shahrida o‘tkazilishi turizmning MICE turizm, vino turizmi, gastronomik turizm singari yo‘nalishlarini rivojlantirishga katta turtki beradi hamda O‘zbekiston obro‘yini xalqaro sahnada yanada oshirishga xizmat qiladi
Sputnik

TOShKENT, 14 mar - Sputnik. 2021-yilda Samarqand shahrida uzumchilik va vinopazlik bo‘yicha 44-Xalqaro kongress o‘tkazilishi mumkin, deb xabar qildi Samarqand hokimligi matbuot-xizmati.

Patriarx Kirillga Samarqandda maxsus vino sovg‘a qilishdi

Samarqand viloyati hokimligida Uzumchilik va vinochilik xalqaro tashkiloti (International Organization of Vine and Wine) bosh direktori Pau Rok janoblari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi vakillari ham ishtirok etdilar.

Uchrashuvdan maqsad 2021-yilda Samarqandda uzumchilik va vinopazlik bo‘yicha 44-xalqaro kongressni o‘tkazish masalasi muhokama qilish edi, deyiladi xabarda.

Muhokamalar yakunida janob Pau Samarqandni xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkiloti a’zoligiga ilgari surish masalasi bilan shug‘ullanishini ma’lum qilgan.

Ushbu kongressning Samarqand shahrida o‘tkazilishi turizmning MICE turizm, vino turizmi, gastronomik turizm singari yo‘nalishlarini rivojlantirishga katta turtki beradi hamda shaharning, hamda O‘zbekistonning obro‘yini xalqaro sahnada yanada oshirishga xizmat qiladi. Bu mamlakatga yanada ko‘proq turistlarni jalb qilishga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.