Jamshid Kenjayev ishi yuzasidan sud hukmi o‘qildi

Jamshid Kenjayev o‘limida asosiy aybdor deb topilgan Shodali Qilichovga 18-yil qamoq jazosi berildi.
Sputnik

TOShKENT, 13 mar – Sputnik. Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi sobiq yakkakurashchi Jamshid Kenjayev ishi yuzasidan hukm chiqardi. Bu haqida Uznews xabar qilmoqda.

Toshkentda "Aurum 898" klubi qo‘riqchilari ustidan sud boshlandi

Ushbu jinoyatda asosiy aybdor deb topilgan, oldin odam o‘ldirgani uchun sudlangan retsidivist Shodali Qilichov (1989 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismibo‘yicha aybdor deb topildi va 18-yilga ozodlikdan mahrum etildi. U jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘tadi.

Saidazim Kamoldinov (1994 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan), Alijon Hamrayev (1982 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan) va Jahongir Yorqulov(1992 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan), muqaddam Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi va 5-yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Jazoni manzil-koloniyada o‘tash belgilandi. 

Sud jarayonida xalq maslahatchilari A. Nishanova va M. Miragzamova hamda sudya Sarvar Karimovlar ishtirok etishdi.

Aurum klubining 2 nafar qo‘riqchisi muqaddam sudlangani ma’lum bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, ushbu ish yuzasidan China Town restorani xodimlari ham ko‘rsatma berishgan edi. Tergov jarayonida aniqlanishiga qadar Jamshid Kenjayev o‘z o‘roqlari bilan ushbu restoranda bo‘lishgan va spirtli ichimliklar ichishgani ma’lum.

Shundan so‘ng Kenjayev Aurum 898 klubiga keladi. U yerga kirmoqchi bo‘lganda eshin oldida turgan qo‘riqchilar Jamshidga pichoqni tashlab  kirish kerakligini aytishadi. Jamshid bunga rozi bo‘lmaydi. Shundan so‘ng sportchi va qo‘riqchilar orasida janjal kelib chiqadi.Janjal davomida qo‘riqchilardan biri Jamshidga bir necha bor pichoq uradi.  Yarim soatdan keyin yetib kelgan tez yordam mashinasi va shifokorlar sportchining hayotini saqlab qola olmaydi.