Poroshenko Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisini ishdan bo‘shatdi

Petr Poroshenko farmoni bilan Yuriy Savchenko Ukrainaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimidan bo‘shatildi.
Sputnik

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi o‘z lavozimidan bo‘shatildi. Bu haqida Ukraina prezidentining matbuot xizmati 12-mart kuni xabar qildi.

“Savchenko Yuriy Vasilyevich Ukrainaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimidan bo‘shatilsin”, - deyilgan farmonda.

Yuriy Savchenko hozir 65 yoshda, u 2010-yildan buyon Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.