Avtobus bekatini "parkovka" qilgan haydovchilar jazolandi

Toshkentda jamoatchilikni mensimasdan avtombillarini avtobus bekatida qoldirib ketgan haydovchilar jazolandi.
Sputnik

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. O‘zini hurmat qilgan odam, o‘zgalarga ham behurmatlik qilmaydi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB.

Kecha, Toshkent IIBBga jurnalistlar murojaat qilib, avtoulovlarini avtobus to‘xtash joyida qoldirib ketgan haydovchilar haqida xabar qilishgan.

Avtobus bekatini "parkovka" qilgan haydovchilar jazolandi

Ushbu avtomobillar  tufayli odamlar avtobuslar bekatda xavfsiz to‘xtay olmayapti, odamlar avtobusga chiqish uchun yo‘lning o‘rtasigacha kelishga majbur bo‘lishmoqda, deyilgan edi jurnalistlar xabarida.  

YPX inspektorlari ushbu xabarda keltirilgan qonunbuzarlikka nisbatan tezlik bilan chora ko‘rishdi. Qoidabuzarlar aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida bayonnomalar tuzildi. Avtobus bekati esa avtomobillardan tozalandi.

Avtobus bekatini "parkovka" qilgan haydovchilar jazolandi

Xabar so‘nggida IIBB haydovchilarga yana bir bor haydovchilarga avtoulovlarni bekatlarda qoldirmaslikni hamda “boshqa fuqarolarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish – bu insonning aql va tarbiyasi ko‘rsatgichi ekanini” eslatib qo‘ygan.