TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Venesuela hukumati AQSh diplomatlariga mamlakat hududini tark etishlari uchun uch kun muhlat berdi. Bu haqda Venesuela tashqi ishlar vaziri Xorxe Arreasa ma’lum qildi.
“Amerika diplomatik xizmatchilari Venesuela hududini 72 soat ichida tark etishlari shart”, - deya yozdi Venesuela tashqi ishlar vaziri Xorxe Arreasa o‘zining Twitter᾽dagi sahifasida.
Avvalroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo AQSh Venesueladagi qolgan barcha diplomatlarni shu hafta davomida chaqirib olmoqchi ekanligini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 21-yanvar kuni Venesuelaning muxolif parlamenti spikeri Xuan Guaido muvaqqat hukumat amal qilishi vaqtiga o‘zini vaqtinchalik prezident deb e’lon qilgan edi. AQSh va boshqa bir qator davlatlar Guaidoni tan olishdi. Rossiya, Xitoy va ayrim davlatlar esa Maduroni qo‘llab-quvvatlashda davom etishmoqda.