Shavkat Mirziyoyev Nurotada marmar toshni qayta ishlash korxonasida bo‘ldi

Prezident marmarni qayta ishlash korxonasi hududiga temiryo‘l o‘tkazish taklifini bildirdi.
Sputnik

TOShKENT, 12 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nurota tumanidagi “Marmarobod” korxonasiga tashrif buyurib u yerda mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi

“Marmarobod” davlat unitar korxonasi Shavkat Mirziyoyevning oldingi tashrifi davomida berilgan topshiriqqa muvofiq tashkil etilgan edi. Korxonaning 10 milliard so‘m mablag‘ evaziga 6 gektar yerda tashkil etilgan. Xorijdan 655,5 ming dollarlik texnik uskunalar olib kelingan. Korxona yiliga 24 ming kvadrat metr granit ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. “Marmarobodda” 40 kishi ishlaydi.

Kelajakda marmar toshga ishlov berishni klaster usulida yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. O‘shanda ishlab chiqarish quvvati yiliga 3 million kvadrat metrga, eksport hajmini 10  million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Muqobil energiya bo‘yicha chempion – Navoiy viloyati

Shavkat Mirziyoyev korxona mahsulotlarini ko‘zdan kechirib, ular jahondagi muqobillaridan qolishmasligini ta’kidladi, samarali texnologiyalarni qo‘llash, transport xarajatlarini arzonlashtirish hisobidan mahsulotlar tannarxini kamaytirish, shu orqali tashqi bozorlarga chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shu yerda Navoiy viloyatida 2019-2020 yillarda qurilish materiallari ishlab chiqarish, xitoylik investorlar bilan hamkorlikda marmardan sanoat haykaltaroshligini tashkil etish, Nurota tumani G‘azg‘on shaharchasini Bosh reja asosida rivojlantirish loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.

Shavkat Mirziyoyev Nurotada marmar toshni qayta ishlash korxonasida bo‘ldi

Prezident mazkur hudud infratuzilmasi va sanoatini rivojlantirish uchun bu yerga temir yo‘l olib kelish taklifini bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Nurotada marmar toshni qayta ishlash korxonasida bo‘ldi