Mirziyoyev: Odamlar bizga ishonyapti, ertangi kunga umid bilan qarayapti

O‘zbekiston rahbari Nurota tumanidagi tarixiy qadamjoni ziyorat qildi, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Sputnik

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrif doirasida Nurota tumanidagi "Chashma" tarixiy majmuasida bo‘lib, ziyolilar bilan suhbatlashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, davlat rahbari tarixiy qadamjoni ziyorat qildi, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. 

“Chilustun” va “Panjvaqta” masjidlari, Abul Hasan Nuriy maqbarasini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

Mirziyoyev: Odamlar bizga ishonyapti, ertangi kunga umid bilan qarayapti

Shu boradagi loyiha takliflari bilan tanishar ekan, prezident ziyoratchi va chet ellik sayyohlar uchun qulayliklarni oshirish, talab yuqoriligini inobatga olib yana sakson o‘rinli mehmonxona qurish, sayyohlarga xizmat turlarini ko‘paytirib, aholini qo‘shimcha daromad bilan ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

Mahalliy aholi vakillari - nuroniylar, tadbirkorlar, xotin-qizlar va yoshlar bilan suhbatda shu kabi rejalar, mamlakatimiz va Navoiy viloyatidagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.

Mirziyoyev: Odamlar bizga ishonyapti, ertangi kunga umid bilan qarayapti

Prezident Nurota tumanida ham to‘planib qolgan masalalar bosqichma-bosqich hal etilayotgani, ushbu tashrif chog‘ida yana ulkan rejalar belgilanishini qayd etdi.

“Odamlar bizga ishonyapti, ertangi kunga umid bilan qarayapti. Bu ishonchni har bir rahbar yuragidan o‘tkazib, yangicha dunyoqarash bilan ishlashi, xalqqa xizmat qilishi kerak. Eng katta masala - ish joylari. Hamma harakatlarimiz aholini ish bilan ta’minlash, iqtisodiyotimizni rivojlantirishga qaratilgan”, - dedi Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2017-yili Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida Nurota tumanidagi “Chashma” ziyoratgohi atrofini kengaytirish va obodonlashtirish, sayyohlar uchun zamonaviy mehmonxona qurish yuzasidan ko‘rsatmalar bergan edi.