Yevroparlament "Shimoliy oqim — 2"ni to‘xtatishga yeng shimarmoqda

Yevrodeputat tomonidan ilgari surilayotgan qonunchilik hujjati personal sanksiyalarni kengaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqish, Rossiya uchun moliya va texnologiyalarga yo‘lni yopish, Moskvani boshqa strategik sherik hisoblamaslikka chaqiradi.
Sputnik

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Yevroparlament Brussel va Moskva siyosiy munosabatlari to‘g‘risidagi rezolyutsiya uchun ovoz berdi. Hujjatda "Shimoliy oqim — 2"ni to‘xtatish haqida ham taklif bor.

Putin chet el razvedkasi Rossiyada nima qidirayotganini aytdi

Hujjat matnida "Shimoliy oqim — 2" Yevropa ittifoqini Rossiyadan yetkazib beriladigan gazga tobeligini oshirishi, shuningdek, Yevropa ichki bozoriga tahdid solishi va YeI energetika siyosati yoki YeIning strategik manfaatlariga mutlaqo muvofiq kelmasligi haqida ta’kidlangan.

Hujjat shuningdek: personal sanksiyalarni kengaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqish, Rossiya uchun moliya va texnologiyalarga yo‘lni yopish, Moskvani boshqa strategik sherik hisoblamaslikka chaqiradi.

Yevropa komissiyasi va yevropa diplomatik xizmatlariga "zudlik bilan YeI uchun umumiy bo‘lgan "Magnitskiy qonuni" bo‘yicha qonunchilik takliflarini ishlab chiqish" taklif etilgan.

Bu vizaviy ta’qiqlar va manzilli sanksiyalarni kiritish imkonini berishi kutilmoqda. Misol uchun, "YeI yurisdiksiyasi doirasida alohida shaxslarga nisbatan mol-mulk va mulkiy manfaatlarni bloklash". Shuningdek, tegishli "sanksiyaviy ro‘yxat"ni tuzish rejalashtirilmoqda.

Hujjat matnida, Rossiya endilikda strategik sherik deb tan olinmasligi, negaki sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim prinsiplariga "endi amal qilinmayotgani" haqida aytilgan. YeI a’zolariga Moskvaga nisbatan tashqi siyosatni qaytadan ko‘rib chiqish taklif etilgan.

Putin raketalar bo‘yicha o‘ta muhim farmonni imzoladi

Ushbu rezolyutsiya tashabbuskori Latviya vakili yevrodeputat Sandra Kalniyetedir. Ayol talabi bo‘yicha "Agarda Rossiya tomonidan xalqaro huquq buzilishi davom etsa" Moskvaga nisbatan choralar kiritilishi lozim.

Ushbu hujjat uchun 402 deputat ovoz bergan, 163 nafari qarshi chiqqan, yana 89 nafari betarafligini bildirgan.