Havo yo‘llarining birinchi Airbus A320neo samolyoti Toshkentga yetib keldi

Yangilangan Airbus A320neoning dvigatellari 20 % kamroq yonilg‘i sarflaydi.
Sputnik

TOShKENT, 11 mar - Sputnik. O‘zbekiston Havo yo‘llarining birinchi Airbus A320neo samolyoti bugun soat 18:00 da Islom Karimov nomidagi Toshkent aeroportiga kelib qo‘ndi.

“Airbus A320neo – 150 yo‘lovchi o‘rindiqlariga ega, yangi  LEAP-1A dvigatellari tufayli ushbu samolyot oldingilariga nisbatan 20 % ga kamroq yonilg‘i sarflaydi. Yangi samolyotning uchish uzoqligi 5000 kmni tashkil qiladi. Shu tufayli u butun Markaziy Osiyo hududida xizmat ko‘rsatishi mumkin”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu samolyotni yektazib berish haqidagi shartnoma 2017-yilda  imzolangan edi. O‘zbekiston Havo yo‘llari parkida ayni damda bir necha Airbus A320 samolyotlari muvaffaqiyatli xizmat qilib kelmoqda. Undan tashqari Boeing 757, 767 va 787-8 Drimlinear samolyotlari ham bor.

Havo yo‘llarining birinchi Airbus A320neo samolyoti Toshkentga yetib keldi