Prezident maktablariga ingliz tilini yaxshi bilganlar qabul qilinadi

Farzandingiz Prezident maktabida o‘qishini istasangiz ingliz tilini o‘rgatishni boshlang – dedi Sherzod Shermatov.
Sputnik

TOShKENT, 11 mar – Sputnik. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘zbekistonlik ota-onalarga “Farzandingiz Prezident maktabida o‘qishini istasangiz ingliz tilini o‘rgatishni boshlang”, deya maslahat berdi Facebookda.

O‘zbekiston har bir hududida prezident maktablari tashkil etiladi

“Prezident maktablarida qabul va ta’lim jarayoni Buyuk Britaniyaning Kembridj universiteti bilan hamkorlikda olib borilishini inobatga olib, ingliz tili o‘rganishning muhimligi haqida eslatib o‘tmoqchiman. Albatta, hali imtihonlarning qanday o‘tishi haqida ma’lumotlar mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgandan keyin batafsil e’lon qilinadi. Ingliz tilini o‘rganishni esa hozirdan boshlash kerak. Maktabda asosiy fanlar xorijiy pedagoglar tomonidan ingliz tilida olib borilgani uchun ham o‘qish jarayonida ingliz tilini bilish juda zarur”,-  dedi Sherzod Shermatov.

Prezident maktablariga o‘quvchilar birinchi yilda 5-10-sinflarga qabul qilinishini inobatga olib, aynan shu o‘quv yilida ushbu maktablarga kirishga imkoniyat ko‘proq bo‘ladi. Keyingi yillardan esa qabul faqat 5-sinfdan, deb qo‘shimcha qildi Shermatov.

Nukus shahrida ilk prezident maktabini qurish ishlari boshlandi

Shuningdek, bu maktablarga kira olmagan taqdirda ham farzandingizning ingliz tilini bilishi uning kelajakda muvaffaqiyatga erishishiga jiddiy turtki bo‘ladi.

Dunyodagi 60 ga yaqin davlatlarda ingliz tili davlat tili hisoblanadi hamda eng ko‘p o‘rganiladigan xorijiy til ham ingliz tilidir.

Sherzod Shermatov fikriga ko‘ra, yoshlar BMT tillaridan 2 tasini o‘rganishi uchun sharoit yaratilishi kerak. Ma’lumot uchun BMT 6 tili sifatida Ingliz, Xitoy, Ispan, Arab, Fransuz va rus tillari hisoblanadi. Vazir, shuningdek ingliz tilini o‘rganishda internet va ijtimoiy tarmoqlardan kengroq foydalanishga chaqirdi.