Dunyoning eng yirik qurol yetkazib beruvchi davlatlari ma’lum qilindi

SIPRI (Tinchlik muammolari bo‘yicha Stokgolm xalqaro tadqiqotlar instituti) yillik hisobotini e’lon qildi.
Sputnik

TOShKENT, 11 mar - Sputnik. Rossiya 2014-2018 yillar oralig‘ida qurol-yarog‘ yetkazib berish hajmini kamaytirganiga qaramasdan, eng yirik eksportchilar orasida o‘z o‘rnini saqlab qoldi. Bu haqda RIA Novosti SIPRI (Tinchlik muammolari bo‘yicha Stokgolm xalqaro tadqiqotlar instituti)ning yillik hisobotiga tayanib xabar qildi.

Rossiya qurol sotish bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqdi

Rossiya eksporti 17 foizga, xususan, Hindiston va Venesuelaga qurol-yarog‘ yetkazib berish to‘xtatilgani sababli kamaydi.

Hisobotda jahonning qurol-yarog‘ bo‘yicha eng yirik eksportchilari AQSh, Rossiya, Fransiya, Germaniya va Xitoy  ekanligi qayd etilgan. Dunyoda qurol-yarog‘ eksportining 75 foizi ushbu mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, tadqiqotchilar AQShning qurol-yaroq eksporti 2009-2013 yildan 2014-2018 yillargacha bo‘lgan davr mobaynida 29 foizga o‘sganini qayd etishdi. AQShning dunyoda qurol-yaroq sotish ulushi 6 foizga o‘sib, 36 foizga teng bo‘lgan. AQSh eksportining yarmidan ko‘prog‘ini Yaqin Sharqqa yo‘naltirgan.