Adolatsiz sudyalar do‘zaxga tushadi – Qirg‘iziston prezidenti hadisdan misol keltirdi

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov hech kim sudyalar qarorini bekor qila olmasligini eslatib, ulardan buni hamisha yodda tutishlarini so‘radi. Shuningdek, u hayot qisqaligi va “barchamiz Yaratgan oldida javob beramiz”, deb qo‘shimcha qildi.
Sputnik

TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov sudyalarning XI qurultoyida sudyalar to‘g‘risida hadis aytib berdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

Nazarboyev yana latifa aytib, hammani kuldirdi

Qirg‘iziston rahbari hadisda payg‘ambarimiz (s.a.v) shunday deganlar: uch xil sudyalar bo‘ladi - ikkitasi do‘zaxga, biri esa jannatga tushadi.

“Agar sudya adolatli qaror chiqarsa, uning joyi jannatda bo‘ladi. Ishni yaxshi tushunmasdan hukm chiqargan yoki haqiqatni bilib turib, adolatsiz qaror chiqarganlarni esa do‘zax kutadi”, - deya hadisdan misol keltirdi Qirg‘iston prezidenti.

Jeenbekov hech kim sudyalar qarorini bekor qila olmasligini eslatib, ulardan buni hamisha yodda tutishlarini so‘radi. Shuningdek, u hayot qisqaligi va “barchamiz Yaratgan oldida javob beramiz”, deb qo‘shimcha qildi.