Rashk qurboni: Farg‘onada erkak turmush o‘rtog‘ini umriga zomin bo‘ldi

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida yashovchi fuqaro mast holda uyida rashk tufayli birga yashagan turmush o‘rtog‘i bilan janjallashdi.
Sputnik

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida yashovchi fuqaro turmush o‘rtog‘ining bosh va yuz qismlariga urib-tepib jarohat yetkazdi.

G‘azalkentda 39 yashar ayolni o‘z yotoqxonasida o‘ldirib ketishdi

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining ma’lum qilishicha, 2019-yil 9-mart kuni Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida yashovchi fuqaro mast holda uyida rashk oqibatida birga yashagan turmush o‘rtog‘i G.G‘.(ismli ayol)ning bosh va yuz qismlariga urib-tepib jarohat yetkazgan.

Natijada jabrlanuvchi kasalxonaga keltiriladi. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan ayol kasalxonada vafot etadi.

Ta’kidlanishicha, jinoyatchi qo‘lga olingan va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.