Efiopiyadagi aviahalokat: hech kim omon qolmagan

Halokatga uchragan samolyotda 33 davlatdan bo‘lgan 149 nafar yo‘lovchi hamda ekipajning 8 nafar a’zosi bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Efiopiyada Ethiopian Airlines aviakompaniyasi samolyoti bilan sodir bo‘lgan aviahalokatda hech kim omon qolmagan. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.

Efiopiyada bortida 157 kishi bo‘lgan Boeing 737 qulab tushdi

Agentlikning ma’lum qilishicha, halokatga uchragan samolyotda 33 davlatdan bo‘lgan 149 nafar yo‘lovchi hamda ekipajning 8 nafar a’zosi bo‘lgan.

Ethiopian Airlines aviakompaniyasining ma’lumotiga qarashganda, Boeing 737-800 MAX samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 08:38 da Efiopiya poytaxti Addis-Abebadan Keniya poytaxti Nayrobiga parvoz qilgan, soat 08:44 da esa samolyot bilan bo‘lgan aloqa uzilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Efiopiyada Ethiopian Airlines kompaniyasining Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani haqida xabar qilgan edik.