TOShKENT, 9 mar - Sputnik. Jomboy tumani, Qo‘ng‘irot mahallasi hududidagi Qoraqasmoq otchoparida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan 17-mart kuni xalqaro ko‘pkari o‘yinlari o‘tkaziladi, deb xabar qildi Samarqand hokimligi matbuot-xizmati.
Ko‘pkari musobaqasida respublikaning barcha viloyatlaridan hamda qo‘shni davlatlar: Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘izistondan 2 mingga yaqin chavandozlar qatnashishi kutilmoqda.
Birinchilikni qo‘lga kiritgan chavandozga avtomashina beriladi.
Shuningdek, g‘olib va sovrindor chavandozlarni tuya, ot, xo‘kiz, pul mukofoti, televizor, muzlatkich, gilam va boshqa qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda.
"Barcha chavandozlarimizni mazkur milliy o‘yinga taklif qilamiz", - deyiladi xabarda.