TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Pentagon Turkiya Rossiyadan S-400 Havoga qarshi mudofaa tizimlarini xarid qiladigan bo‘lsa, buning oxiri yomon bo‘lishini aytib, tahdid qilishda davom etmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Xususan, AQSh Mudofaa vazirligi matbuot-kotibi Charlz Sammers, Anqarani "og‘ir oqibatlar" kutayotgani, ya’ni Vashington bilan harbiy sohada munosabatlar buzilishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
Pentagon, shuningdek, Anqara S-400ni xarid qilib, amerikaning F-35 qiruvchilari va Patriot zenit-raketa majmualaridan mahrum bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.
2017 yilda Moskva va Ankara S-400 zenit-raketa komplekslarini yetkazib berish haqida bitim imzolagan bo‘lib, shundan so‘ng Turkiya va AQSh o‘rtasida diplomatik mojarolar yuzaga keldi. Vashington turkiyalik ittifoqdoshidan amerika Patriot lari hisobiga Rossiya qurol-aslahalaridan voz kechishni talab qilmoqda.
Ammo Anqara ushbu masalada qat’iy pozitsiyaga ega va amerika ZRKlarini xarid qilgan taqdirda ham, S-400dan voz kechishni rejalashtirmayapti, mamlakat rahbariyati fikriga ko‘ra, ushbu mavzular "bir-biriga mutlaqo aloqador emas".
Kelishuvga muvofiq, Rossiya Turkiyaga S-400ning to‘rtta divizionini yetkazib beradi, ularning qiymati 2,5 milliard dollarga baholanmoqda. S-400 bo‘yicha kelishuvning bir qismini Anqaraning o‘zi to‘laydi, bir qismi Rossiya krediti hisobiga amalga oshiriladi. Turkiya Mudofaa vaziri rahbari Xulusi Akar S-400ning mamlakat hududida o‘rnatilishi ishlari 2019-yil oktabridan boshlanishini aytgan edi.