Istanbul politsiyachilari feministlar marshini plastik o‘qlar yordamida tarqatdi

Turkiya OAVlari xabariga ko‘ra, aksiya 2003-yildan bon doimiy tarzda o‘tkazib kelinadi.
Sputnik

TOShKENT, 9 mar - Sputnik. Istanbulda politsiyachilar ko‘z yosh keltiruvchi gaz yordamida feminist ayollarning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan marshini tarqatib yubordi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Doirachi ayollar hayajonlangani uchun Rahmon xotin-qizlar raisini ishdan haydadi

Agentlik xabariga ko‘ra, feminist ayollar 8-mart kuni kechqurun Fransiya madaniyat markazi oldida aksiya namoyish etishni rejalashtirganlar. Ular Istiqlol ko‘chasiga qo‘shni bo‘lgan ko‘chalarda to‘planishni boshlab, politsiyachilar sha’niga turli yomon gaplarni baqirib aytishga kirishishgan.

Xavfsizlik kuchlari aksiya ishtirokchilaridan tarqalishni so‘rashgan va shundan so‘ng ko‘z yosh keltiruvchi gaz va plastik o‘qlarni qo‘llashgan. Olomon guruhlarga bo‘lingan. Namoyishchilarning bir qismini politsiyachilar Taqsim maydoniga siqib chiqarishgan, boshqalari qurshovda qolgan.

Turkiya OAVlari xabariga ko‘ra, ushbu aksiya 2003-yildan bon doimiy tarzda o‘tkazib kelinadi.