Toshkent aeroporti samolyotlarni qabul qilmayapdi – poytaxtda qalin tuman

“O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nishi kerak bo‘lgan samolyotlari zaxira aeroportlariga yo‘l olmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 6 mar - Sputnik. “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nishi kerak bo‘lgan samolyotlari zaxira aeroportlariga yo‘l olmoqda, deb xabar qildi kompaniyaning matbuot xizmati.

Pulkovoda yo‘lakdan chiqib ketgan samolyot Toshkent aeroportiga yetib keldi

Xabarda qayd etilishicha, bunga Toshkent shahrida erta tongdan tushgan qalin tuman sabab bo‘lgan.

Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasining HY252 reys bilan Parij – Toshkent yo‘nalishi va HY202 reysi bilan London-Toshkent  yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan samolyotlari Samarqand xalqaro aeroportiga yo‘naltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning Toshkentdan Sankt-Peterburgga uchgan samolyoti "Pulkovo" aeroportiga qo‘nish vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgani haqida xabar qilgan edik.