Popov: Rossiya ko‘p yillar amerikaliklar hukmronlik qilgan Markaziy Osiyoga qaytmoqda

Rossiya HHK general-mayori Vladimir Popovning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya harbiylarining havo hududidan foydalanishi haqidagi bitimning ratifikatsiya qilinishi MDH mintaqasidagi xavfsizlikni ta’minlaydi va siyosiy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaydi.
Sputnik

TOShKENT, 6 mar - Sputnik. Kuni kecha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya HHKning O‘zbekiston havo hududidan foydalanishi to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi. "Aviapanorama" jurnali bosh muharririning o‘rinbosari Rossiya HHK general-mayori Vladimir Popovning Sputnik O‘zbekiston radio efirida bu haqdagi fikrlarini bayon etdi.

O‘zbekiston harbiylari Rossiyada tankchilar mashg‘ulotini kuzatishdi

Harbiy uchuvchi qo‘shni mamlakatlar bilan harbiy hamkorlik strategik xususiyatga ega ekanligi, Sobiq Ittifoq davlatlari bilan o‘zaro munosabatlarning rivojlanishi aynan shu sohaga bog‘liqligini ta’kidladi.

“Bu juda yaxshi belgi. Rossiya asta-sekin ilgari Soyuz tarkibida bo‘lgan qo‘shni davlatlarga qaytmoqda. U yerda ko‘p yillar davomida, ochig‘ini aytsak, o‘zlarining bazalari orqali Afg‘onistondagi guruhlarini ta’minlab kelayotgan amerikaliklar hukmronlik qilishdi. Axir, bu davlatlarda aerodromlar, bazalarimiz qolgan. MDHda hamkorlikni saqlash juda muhim”, - deya ta’kidladi Popov.

U harbiy sohadagi hamkorlik, xususan, O‘zbekiston va Rossiya harbiylarining havo hududidan foydalanishi, nafaqat MDHdagi xavfsizlikni ta’minlashga imkon berishi, balki transport yo‘laklari va savdo aloqalarini rivojlanishiga ko‘maklashishini ma’lum qildi.

Popov: Rossiya ko‘p yillar amerikaliklar hukmronlik qilgan Markaziy Osiyoga qaytmoqda