TOShKENT, 6 mar - Sputnik. O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov o‘zining professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Milliy olimpiya qo‘mitasining ma’lum qilishicha, Madrimov 9-mart kuni AQShda venesuelalik Frenk Roxasga qarshi ringga chiqadi.
Ma’lumot uchun, Frenk shu paytgacha professional boksda 26-marta ringga ko‘tarilib 24 bor zafar quchgan. G‘alabalarining 23 tasida raqibini nokautga uchratgan va 2 bor mag‘lub bo‘lgan.
Isroil Madrimov ayni paytda WBA yo‘nalishi bo‘yicha jahon reytingining to‘qqizinchi pog‘onasida turibdi.