TOShKENT, 5 mar – Sputnik. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati samaradorligini oshirish maqsadida professional tashqi boshqaruvga berilishi mumkin. Bu haqida 5-mart kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda xabar qilindi.
Prezident ishtirokida majlisda xabar qilinishiga ko‘ra, O‘zbekistonda ko‘mirchilik sohasida tizimli muammolar to‘planib qolgan. Xususan, konlardagi texnika eskirgan, asosiy kon bo‘lgan Angren konida kon ochish ishlari ortda qolib, karyerlarning qiyalik burchagi belgilangan meyordan oshib, qazish ishlari xavfli darajaga yetgan.
“Ushbu muammolarni tez va samarali hal etish uchun “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatini professional tashqi boshqaruvga berish mo‘ljallanmoqda”, - deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda har yili xonadonlarga 1 million tonna, ijtimoiy soha obyektlariga 400 ming tonna ko‘mir yetkazib beriladi. Undan tashqari Yangi Angren va Angren issiqlik elektr stansiyalarida energiya ishlab chiqarish uchun 4 million tonna ko‘mir yoqiladi.
Xabarning to‘liq matni bilan quyida tanishing.