O‘zbekistonda denominatsiya o‘tkaziladimi?

Markaziy bank rahbari so‘m almashishi haqidagi savollarga javob berdi.  
Sputnik

TOShKENT, 5 mar – Sputnik. O‘zbekiston Markaziy Banki rahbari Mamarizo Nurmuratov jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda so‘m denominatsiyasi (ortiqcha nollarni olib tashlash)  haqidaga savolga javob berdi, Uznews xabariga asosan.

Nurmuratov aytishiga qaraganda, O‘zbekistonda denominatsiya o‘tkazish hozircha rejalashtirilmagan.

“Denominatsiya– bu juda nozik masala. Bu haqida men o‘z fikrimni aytishim mumkin xolos. Odatda denominatsiya makroistisodiy vaziyat, birinchi navbatda inflyatsiya barqarorlashganidan so‘ng o‘tkaziladi”, - dedi Mamarizo Nurmuratov.  

Undan tashqari Markaziy bank rahbari so‘zlariga ko‘ra, denominatsiya – bu texnik jarayon xolos. Uni o‘tkazish juda oson, lekin Markaziy bank hozircha o‘z oldiga bunday vaziyafa qo‘ymagan.

O‘zbekistonga 100 ming so‘mlik banknota kerakmi? Sputnik so‘rovi natijalari

“Biz hozircha bunday ishni maqsad qilmaganmiz. Mavjud nominaldagi pullar qulay va aholining naqd pulga bo‘lgan talablariga javob beradi”, - dedi Nurmuratov.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning 22-avgustida O‘zbekistonda 50 ming so‘mlik, 2019-yilning 25-fevralida – 100 ming so‘mlik banknotalar muomalaga kiritilgan edi.

Ma’lumot uchun: denominatsiya bu – moliyaviy islohotning bir turi bo‘lib, u valyuta nominal qiymatini kamaytirishni, bin necha eski namunadagi qog‘oz pul o‘rniga 1ta yangi namunadagi banknota ishlatishni  nazarda tutadi.

Masalan, Rossiyada 1998-yilda o‘tkazilgan denominatsiyada 1000  rubl 1 rublga tenglashtirilgan edi.