TOShKENT, 5 mar – Sputnik. Amerika prezidenti Donald Tramp 2014-yilda Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalarning amal qilish muddatini uzaytirdi, deb xabar qildi Oq uy matbuot xizmati.
Hujjatda yozilishicha, Barak Obama kiritgan sanksiyalar 6-martdan keyin ham yana bir yil davomida amal qiladi
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning harakatlari Ukrainadagi xavfsizlik va barqarorlikka xavf tug‘diradi. Shuningdek, Rossiya hukumatining qarorlari AQSh milliy xavfsizligi manfaatlari va tashqi siyosatiga favqulodda xavflar keltirib chiqaradi.
Rossiya va G‘arb davlatlarining munosabatlari Ukrainadagi vaziyat va referendumdan so‘ng Rossiya tarkibiga kirgan Qrim sababli yomonlashdi. G‘arb davlatlari Rossiyani Ukrainaning ishlariga aralashishda ayblab, unga qarshi sanksiyalar joriy etishdi. Moskva ham ularga nisbatan javob choralarini qo‘lladi va barcha ayblovlarni inkor etdi. So‘nggi paytlarda G‘arbda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish zarurligi haqidagi fikrlar tez-tez yangramoqda.