Toshkent viloyatida yuk poyezdi urib ketgan yo‘lovchi halok bo‘ldi

Toshkent viloyatining Qibray tumanidan o‘tuvchi “Qodriya-Oqqovoq” temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 16-km.da noxush hodisa sodir bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 5 mar – Sputnik. Toshkent viloyatining  Qibray tumanida poyezd temir yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

Poyezd va “Damas” to‘qnashuvi oqibatida 2 nafar fuqaro vafot etdi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 4-mart kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanidan o‘tuvchi “Qodriya-Oqqovoq” temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 16-km.da yuk poyezdi “Qibray” QFY Birlik ko‘chasida istiqomat qilgan fuqaroni ehtiyotsizligi sabab urib ketgan.

Natijada fuqaro jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.