O‘zbekistondan Rossiyaga 5 kilogramgacha meva olib kirishga ruxsat berildi

O‘zbekistondan Rossiyaga yo‘lovchilar tomonidan 5 kilogramgacha ho‘l va quruq mevalar olib kirishga ruxsat berildi.
Sputnik

TOShKENT, 5 mar – Sputnik. Rossiya qishloq xo‘jaligi nazorat qo‘mitasi (Rosselxoznadzor) yo‘lovchilarga qo‘l yukida O‘zbekistondan  umumiy vazni 5 kilogramgacha bo‘lgan ho‘l va quruq mevalar olib kirishga ruxsat berdi.

“2019 yilning 5-martidan boshlab O‘zbekiston Respublikasidan kelayotgan yo‘lovchilar qo‘l yuki va bagajida umumiy vazni 5 kilogramgacha bo‘lgan ho‘l va quruq mevalar olib kirishga ruxsat berildi”, - deyilgan muassasa rasmiy xabarida.

Ushbu ruxsat O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat xizmati kafolati asosida berilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondan kelgan yo‘lovchilar qo‘l yuklarida o‘simlik mahsulotlari olib kelish o‘tgan yilning noyabr oyida ta’qiqlangan edi.