Putin raketalar bo‘yicha o‘ta muhim farmonni imzoladi

Rossiya Amerika tomonidan ushbu shartnoma bo‘yicha buzilgan majburiyatlar tiklanmaguncha yoki uning amal qilishi bekor qilinmaguncha O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomani bajarishni to‘xtatadi.
Sputnik

TOShKENT, 5 mar – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnoma bajarilishini to‘xtatishga oid farmonni imzoladi. Bu haqda RIA Novosti Kreml matbuot xizmatiga tayanib xabar qildi.

AQSh Yevropada qurol joylashtirsa, Rossiya o‘z raketalarni AQShga yo‘naltiradi - Putin

Hujjat imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.

Ta’kidlanishicha, Rossiya Amerika tomonidan ushbu shartnoma bo‘yicha buzilgan majburiyatlar tiklanmaguncha yoki uning amal qilishi bekor qilinmaguncha O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomani bajarishni to‘xtatadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu shartnoma Mixail Gorbachev va Ronald Reygan tomonidan 1987-yilning dekabrida imzolangan edi. 1991-yilning iyun oyiga kelib shartnoma bajarilgan: Sovet Ittifoqi 1846 dona, AQSh esa 846 dona raketa komplekslarini yo‘q qilgan. Biroq, AQSh yetakchisi Donald Tramp 2-fevraldan boshlab AQSh ushbu shartnomadan chiqishini e’lon qildi. Rossiya shartnoma majburiyatlariga qat’iy rioya qilib kelayotganini bir necha bor ma’lum qilgan edi.