TOShKENT, 4 mar - Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 5-martdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 10,23 so‘mga arzonlashgan va 1 dollar 8392,96 so‘mni tashkil etgan.
1 yevro kursi 16,09 so‘mga ko‘tarilib, 1 yevro 9546,15 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
1 Rossiya rubli 1,29 so‘mga tushdi va 127,32 so‘mga teng bo‘ldi.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.