O‘zbekiston va Lyuksemburg havo qatnovi bo‘yicha memorandum imzolaydi

Lyuksemburg Tashqi va Yevropa ishlari vaziri Jan Asselborn O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Sputnik

TOShKENT, 4 mar - Sputnik. Lyuksemburg Tashqi va Yevropa ishlari vaziri Jan Asselborn boshchiligidagi delegatsiya 2019-yilning 6-mart kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, tashrif davomida Tashqi ishlar vazirligida muzokaralar o‘tkaziladi va tomonlarni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha o‘zaro munosabatlarni kengaytirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Lyuksemburg Buyuk gersogi Mirziyoyevning tashqi siyosatini qo‘llab-quvvatladi

Shuningdek, tashrif doirasida havo qatnovi bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu Lyuksemburgning Cargolux aviakompaniyasi tomonidan 2020-yildan e’tiboran Osiyo mamlakatlariga tranzit orqali tashish uchun “Navoiy” transport markazidan foydalanish rejalari bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston elchisi Dilor Hakimov va Lyuksemburg Buyuk gersogi Anri Jan Asselbornning ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish hamda Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston aloqalarini, ayrim mintaqaviy va xalqaro mavzularni muhokama qilish maqsadida Toshkentga amalga oshiradigan tashrifining muhimligi qayd etishgani haqida xabar qilingan edi.