TOShKENT, 4 mar – Sputnik. Rossiya ta’lim vazirligi O‘zbekistonga rus tili o‘qituvchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashga yordam beradi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligiga asosan.
Ushbu haqida O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Alisher Umarovning Moskvada bo‘lgan tsharifi davomida Rossiya ta’lim vaziri Olga Vasilyeva bilan uchrashuvi davomida kelishib olishdi.
“Vasilyeva O‘zbekiston rus tili o‘qituvchilarini Rossiya oliygohlarida tayyorlash va qayta tayyorlash rejalari borligi haqida ma’lum qildi”, - deyilgan xabarda.
Vasilyeva shuningdek o‘zbekistonlik rus tili o‘qituvchilarining bilimlarini juda yuqori baholagan va ular rus tanlovlarida tez-tez g‘alaba qozonayotganlarini qayd etgan.
Rossiya va O‘zbekiston ta’lim vazirlari ikki muassasa orasida hamkorlik shartnomasi imzolash masalalarini ham muhokama qilishdi. Vasilyeva aytishiga qaraganda, ushbu shartnoma imzolanishga tayyor va ayni damda ichki kelishuv jarayonidan o‘tmoqda.
Undan tashqari Rossiya tomoni O‘zbekistonnni Rossiya ta’limga ko‘mak berish dasturiga (Russia Education Aid for Development, READ)kiritish borasida ham muzokaralar o‘tkazishdi.
O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ayni damda “rus tili va literatura” mutaxassisligi bo‘yicha bitiruvchilar soni, kerak bo‘lgan mutaxassislar sonining uchdan birni qoplaydi xolos.
O‘zbekistondagi Rossiya elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati O‘zbekiston maktablarida rus tili o‘qituvchilari yetishmovchiligini mahalliy kadrlar tayyorlash hisobidan hal qilishni rejalashtirgan. Rossiyadan rus tili o‘qituvchilarini taklif qilish rejasidan hozircha voz kechilgan.