Pulkovoda yo‘lakdan chiqib ketgan samolyot Toshkent aeroportiga yetib keldi

Samolyot, bugun 4-mart kuni, tong soat 04:18 da Toshkent aeroportiga yetib kelgan.
Sputnik

TOShKENT, 4 mar – Sputnik. O‘zbekiston havo yo‘llarining shanba kuni Sankt-Peterburg aeroportida yo‘lakdan chiqib ketgan samolyotiga uchishga ruxsat berildi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

“Boeing-767 UK67008 sonli samolyotiga texnik mutaxassislar ko‘rigidan keyin parvozga ruxsat berildi.Muzlashga qarshi suyuqlik bilan ishlov berilganidan so‘ng samolyot Sankt-Peterburg—Tashkent yo‘nalishida HY632-sonli parvozni amalga oshirish uchun Pulkovo aeroportida soat 21:55 da uchib ketdi”,  - deyilgan Milliy aviakompaniya xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 2-mart kuni O‘zbekiston havo yo‘llarining Toshkent – Sankt-Peterburg yo‘nalishida parvoz amalga oshirayotgan  samolyoti qo‘nish vaqti yo‘lakdan chiqib ketgan edi. Hodisa natijasida yo‘lovchilarni evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelmagan va samolyot shikastlanmagan.