Bekobodda 16 yoshli yigit 52 yoshli fuqaroni urib o‘ldirib qo‘ydi

Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi markaziy dehqon bozori oldida 16 yoshli yigit 52 yoshli fuqaroning yuziga qo‘li bilan urgan.
Sputnik

TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi markaziy dehqon bozori oldidagi yo‘lakda 16 yoshli yigit 52 yoshli fuqaroning yuziga qo‘li bilan urgan.

Farg‘onada maktab o‘quvchisi kimoviy modda ichib vafot etgani rostmi?

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining ma’lum qilishicha, 2019-yil 3-mart kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahri O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan markaziy dehqon bozori oldidagi piyodalar o‘tish yo‘lagida 16 yoshli yigit o‘zaro janjal oqibatida Bekobod shahrida yashagan 52 yoshli fuqaroning yuziga qo‘li bilan urgan. Jabrlanuvchi esa boshi bilan yerga yiqilib, jarohat olgan.

Xabarda aytilishicha, jabrlangan fuqaro voqea joyida vafot etgan.

Hozirda jinoyatchi qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.