O‘zbekiston Mudofaa vazirligining tog‘ sharoitida o‘quv-tayyorlov markazida 45 kunlik tayyorgarlik mashqlari bo‘lib o‘tdi.
Ob-havo sharoiti o‘zgaruvcha bo‘lishiga qaramasdan: kunduzi -4 -6 daraja kechasi– 20 daraja, askarlar tog‘ chang‘isida harakatlanish, balandlik va daryo to‘siqlarini kesib o‘tish, tog‘ sharoitida jang olib borish kabi barcha mashqlani bajarishdi.
“Tizzadan baland qalin qor yog‘ishi - askarlar uchun haqiqiy bardoshlilik sinovi bo‘ldi”, - deyilga Mudofaa vazirligi xabarida.
Harbiy xizmatchilar tayyorgarlik doirasida dengiz sathidan 2,5 – 3 ming metr balandlikda noqonuniy jangovar uyushmani yo‘q qilishga qaratilgan taktik mashqlarini bajarishdi.