Qirolicha Yelizavetaning "siyohrang qo‘li" odamlarni larzaga soldi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Bukingem saroyidagi qabul chog‘ida olingan suratlarni qizg‘in muhokama qilishmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II qo‘lidagi ulkan ko‘karish qirollik fuqarolarini qo‘rqitib yubordi, deb xabar qilmoqda The Daily Mirror tabloidi.

Yelizaveta va malika Anna Bukingem saroyida Iordaniya qiroli Abdulla II va qirolicha Raniyani, shuningdek, merosxo‘r shahzoda Xusaynni qabul qilishgan.

​​Internet tarmog‘ida tarqalib ketgan qabul chog‘ida olingan suratlarda qirollik oilasi muxlislari monarx qo‘lida ulkan ko‘k dog‘ni ko‘rganlar.

Yelizavetaning "siyohrang qo‘li" britaniyalik foydalanuvchilar orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

"Xudoyim... Hazrati oliyalarining qo‘llarini yaralashgandek ko‘rinmoqda... Jarohat tezda bitib ketadi, deb umid qilaman", — deb yozgan yuzerlardan biri Twitterda.

"Mazalari yo‘q", — degan yana biri.

Ta’kidlanishicha, qirolichaning qo‘li biron bir kasallik oqibatida g‘alati rangga kirgan.