Toshkentlik "bomjlar": boshpanasiz shaxslar poytaxtda qanday hayot kechirmoqda?

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yil iyun oyidan boshlangan maxsus tadbirlardan so‘ng Toshkentdagi reabilitatsiya markaziga olib kelingan boshpanasiz shaxslar soni 3590 nafarni tashkil qilgan. Shulardan 2135 nafari qarindoshlari tomonidan olib ketilgan
Sputnik

TOShKENT, 2 fev - Sputnik. O‘zbekistonda Sovet ittifoqi davrida boshpanasizlar uchun priyutlar mavjud bo‘lgan, mustaqillik yillarida esa "bomjlar" boshpanasidan boshqa maqsadlar yo‘lida foydalanilgan. 25-yillik davr mobaynida mamlakatda rasman "bomjlar" mavjud bo‘lmagan, odamlar chaylalarda, yerto‘lalarda va hatto ko‘chalarda yashab, kun kechirishgan, ularning aksariyati qahraton qish kunlarida ko‘chalarda o‘lib ketgan.

Sputnik O‘zbekiston muxbiri hozircha Respublikada yagona bo‘lgan Toshkentdagi boshpanasiz shaxslar uchun reabilitatsiya markazida bo‘lib, u yerdan maxsus reportaj tayyorladi.

Toshkentlik "bomjlar": boshpanasiz shaxslar poytaxtda qanday hayot kechirmoqda?

2018 yil aprel oyi oxirida "ichki ishlar organlariga qarashli boshpanasiz kimsalarni reabilitatsiya qilish markazlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi" nizom qabul qilingan, yoz oyining boshida Toshkent IIBB qoshida, bevosita IIBB rahbariyati tashabbusi bilan realibilitatsiya markazi tashkil qilingan. O‘sha paytdan e’tiboran olib borilgan chora-tadbirlar natijasida O‘zbekiston poytaxtida 3590 nafar boshpanasiz shaxs aniqlangan.

Toshkentlik "bomjlar": boshpanasiz shaxslar poytaxtda qanday hayot kechirmoqda?

Toshkent IIBB qoshidagi reabilitatsiya markazi rahbari podpolkovnik Bahodir Dushayevning so‘zlariga ko‘ra, "Mehr-saxovat uyi"deb nomlanuvchi ushbu markazga shu kungacha nafaqat boshpanasiz, balki turli ijtimoiy og‘ir vaziyatda qolgan shaxslar ham murojaat qilib kelib kelishmoqda. Murojaat qilganlar, ixtiyoriy ravishda markazda yashab qoladi.

Bunday shaxslar kiyim-kechak, oziq-ovqat, zarurat bo‘lsa dorivor preparatlar bilan ta’minlanadi.

Toshkentlik "bomjlar": boshpanasiz shaxslar poytaxtda qanday hayot kechirmoqda?

Markazga murojaat qilganlar, birinchi navbatda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bu ishlar keyinchalik ham davom ettiriladi, albatta. "Agar markazga kelgan shaxsda qandaydir kasallik aniqlansa, biz unga davolanib chiqishi uchun yordamlashamiz. Yo‘llanma yordamida Toshkent shahri bo‘yicha shifoxonalarga joylaymiz", - deydi Dushayev va poytaxtdagi bir nechta kasalxonalarda boshpanasiz kimsalarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun maxsus palatalar jihozlanganini qo‘shimcha qiladi. 

Toshkentlik "bomjlar": boshpanasiz shaxslar poytaxtda qanday hayot kechirmoqda?

Ta’kidlanishicha, boshpanasizlar orasida nafaqat toshkentliklar, balki viloyatdan kelgan fuqarolar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi.

"Bugungi kunda markazda jami 122 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Ular orasida O‘zbekistonning turli regionlaridan bo‘lgan fuqarolar bor. Masalan, Farg‘ona, Andijon, Samarqand va boshqa viloyatlardan kelganlari ham bor. Ularning barchasi Toshkentda zarurat tufayli kelishgan va qaysidir sabab tufayli, ko‘chada qolishgan", - deb hikoya qiladi podpolkovnik Dushayev.

Qoidaga ko‘ra, boshpanasizlarning aksariyatida hech qanday hujjat bo‘lmaydi. Shu bois, markazga murojaat qilgan bunday shaxslar nafaqat kiyim-kechak va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi, balki ularga hujjatlarini tiklashlarida ham yordam ko‘rsatiladi.

Toshkent IIBB 31 kishi SSSR pasporti bilan yashab yurganini aniqlandi

Bundan tashqari, "Mehr-saxovat uyi" yashovchilariga ishga joylashish imkoniyati ham taqdim etilgan. Markaz rahbari podpolkovnik Dushayev boshpanasizlar uchun tashkil etilgan makon bo‘ylab ekskursiya o‘tkazdi. Aytish joizki, manzil territoriyasi juda katta bo‘lib, atrof ko‘kalamzorlashtirilgan, kimdir darvoza oldini supurayotgan bo‘lsa, yana kimdir ochiq havoda sayr qilib yuribdi. Shiyponchada shunchaki suhbat qurib o‘tirgan bir nechta kishiga ko‘zim tushdi. Ular sizu-biz ko‘rishga o‘rganib qolgan archa tagida mast holatda o‘zini bilmay uxlab yotgan irkit "bomj"larga o‘xshamaydi.

Toshkentlik "bomjlar": boshpanasiz shaxslar poytaxtda qanday hayot kechirmoqda?

Hammasining egnida toza kiyimlar, menga qiziqsinab qarab qo‘yishadi.

"Ha, bizning yashovchilarimiz juda tozatabaatli. Hali ichkarini tomosha qilsangiz, guvohi bo‘lasiz. Ular hatto bir-biriga tanbeh berishadi. Tartibsizlikni yoqtirishmaydi", - deydi savolimga javoban Dushayev.

Toshkentlik "bomjlar": boshpanasiz shaxslar poytaxtda qanday hayot kechirmoqda?

Saxovat uyi ikki blokka bo‘lingan: erkaklar va ayollar dam olish xonalari. Shuningdek, yashovchilar uchun (erkak va ayollar uchun alohida) cho‘milish xonalari, oshxona va hatto mo‘’jazgina kutubxona ham bor. Markaz yashovchilari qo‘lda kir yuvmaydi, saxovatli kishilar tomonidan ularga kir yuvish mashinasi sovg‘a qilingan.

Toshkentlik "bomjlar": boshpanasiz shaxslar poytaxtda qanday hayot kechirmoqda?

Reabilitatsiya markazida istiqomat qiluvchi fuqarolarning o‘rtacha yoshi 50-55 yoshni tashkil etadi. Ammo orasida 75-80 yoshlilari va hatto 25 yashari ham bor.

Dushayevning aytishicha, Toshkent shahrida aniqlangan 3590 nafar boshpanasiz kishilardan 121 nafari ish bilan ta’minlangan. 276 tasi shifoxonalarga yotqizilgan. 333 nafariga biometrik pasport rasmiylashtirib berilgan. 2135 nafari shaxsi aniqlanib, qarindoshlari tomonidan olib ketilgan.

Toshkentlik "bomjlar": boshpanasiz shaxslar poytaxtda qanday hayot kechirmoqda?

Jami 121 nafar boshpanasiz fuqarolar ish bilan ta’minlangan. "Mehr-saxovat" va "Ekovogold" firmalari tomonidan ular obodonlashtirish ishlariga jalb qilingan. Shuningdek, o‘z kasbiga ko‘ra, quruvchilik ishlariga jalb qilinganlari ham bor.

Saxovat uyida yashaydigan fuqarolarning 65 nafari Ohangarondagi maxsus obyektda chiqindilarni saralash bilan shug‘ullanadilar. Bu ishchilarning har bittasiga ham kunlik ham oylik ish haqi to‘lanadi.

Markaz yashovchilariga shuningdek homiylar tomonidan oziq-ovqatlar, dori-darmonlar olib kelinib turadi.

"Homiylarimiz haftasiga 2 marotaba kelib oshlar tayyorlab turishadi. Bular: Serkov Vera, "Mehr-saxovat" firmasi, Serkov Mat Tereza, Pravoslav cherkovi, Xristianlar uyushmasi, Shodiyev jamg‘armasi", - deya homiylarni sanab o‘tadi markaz rahbari. 

Toshkentlik "bomjlar": boshpanasiz shaxslar poytaxtda qanday hayot kechirmoqda?

Mehr-saxovat uyi yashovchilarining qanday qilib bu dargohga kelib qolganliklari tarixi juda qiziq. Markaz rahbarining aytishicha, bu qismat faqatgina ichkilikka mukkasidan ketgan irodasiz kimsalarni ta’qib qiladi deyish nojoiz. Qolaversa, nochorlik ko‘chasiga kirib qolganlarning hammasi ham "meni peshanamga shu taqdir yozilgan ekan", deya taslim bo‘lavermaydilar.

"Ichki ishlar organlari tomonidan olib kelingan bir erkak bizning yordamimiz bilan ishga joylashib, sobiq oilasi bilan aloqani tiklay oldi. Vaholanki bir vaqtlar oiladagi janjal pichoqbozlikkacha olib borgan. Ammo erkak ishga kirgach, maosh ola boshladi va hatto o‘z farzandlariga aliment to‘lay boshladi. Asta-sekin uyidagilari uni kechirishdi va o‘g‘li otasini bu yerdan olib ketdi", - deya hikoya qiladi Dushayev.

Toshkentlik "bomjlar": boshpanasiz shaxslar poytaxtda qanday hayot kechirmoqda?

30 yoshli Farid esa - oliy ma’lumotli, Nizomiy institutining rus filologiyasi fakultetini tamomlagan. 

"Ota-onam yoshligimda o‘tib ketishgan. Xolamning uyida egizak akam bilan katta bo‘lganmiz. Ulg‘aygach, ishlab, pul topib, uy oldik. Men Nizomiyni tamomlab, Qozog‘istonga ishga ketganimda akam uyni sotib yuborgan", - deydi Farid o‘zining boshpanasiz shaxslar uchun markazga kelib qolgani tarixini so‘zlar ekan.

Aytishiga qaraganda, chet eldan qaytib kelganida na akasi, na hujjatlarini topa olgan. Hozirgacha qondoshining qayerdaligini bilmaydi. Hozirda IIBB unga hujjatlarini tiklashda yordam bermoqda. Ammo u vaqtni behuda sarflashni istamaydi: Ohangarondagi maxsus obyektda (chiqindilarni saralash ishlarida) mehnat qilib, pul topmoqda. Yorug‘ kunlar kelishiga ishonch bilan yashaydi, markaz tashkilotchilaridan esa o‘zini deyarli ko‘chada yashashdan qutqarib, yana bir marta imkon berganliklari uchun cheksiz minnatdor.

Farid, suhbat davomida uyni sotib qochib ketgan akasidan ham minnatdorligini aytib o‘tadi. "Nega?", degan savolimga, "Bu holat meni chiniqtirdi, irodali qildi, toblandim", deydi.