Vladivostokda O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi ish boshladi

Bu O‘zbekistonning Rossiyadagi beshinchi va Uzoq Sharqdagi birinchi diplomatik vakolatxonasi bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 1 mar - Sputnik. Bugun, 1-mart kuni O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi o‘z faoliyatini boshladi, deb xabar qildi Primorsk o‘lkasi ma’muriyati.

“Bosh konsulxona Verxneportovaya ko‘chasi, 46-uy manzilida joylashgan. Bu O‘zbekistonning Rossiyadagi beshinchi va Uzoq Sharqdagi birinchi diplomatik vakolatxonasi. Rustam Ismoilov rahbarlik qilayotgan Bosh konsulxona Uzoq Sharq federal okrugi subyektlari hududida O‘zbekiston va Rossiya hamkorligini rivojlantirish masalalari bilan shug‘ullanadi”, - deyiladi xabarda.

Yekaterinburgda O‘zbekiston yangi konsulxonasi ochildi

Bosh konsulxonaning tantanali ochilish marosimida O‘zbekistonning Rossiyadagi bosh konsuli Mehriddin Xayriddinov hamda Rossiya TIV Vladivostokda vakil vazifasini bajaruvchi Yevgeniy Volosastov ishtirok etishdi. Ochilish marosimida tantanali ravishda O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi, so‘ngra faxri mehmonlar qizil tasmani qirqishdi.

Shuningdek, juma kuni Primorye hukumati va Rustam Ismoilov hamkorlik, jumladan, savdo-sotiq, turizm, transport rejalarini muhokama qilishdi. Ma’muriyat ma’lumotlariga qaraganda, hozirda Primoryeda sakkizta o‘zbek muassalari savdo-sotiq sohasida faoliyat yuritadi. 2018-yil yakuniga ko‘ra Primorsk o‘lkasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanish hajmi 1,7 million dollarni tashkil etdi.

Ismoilov O‘zbekistonda meva va sabzavot xo‘jaligi va tekstil ishlab chiqarish faol rivojlanayotganini, tadbirkorlar Primoryega o‘z mahsulotlarini yetkazib berib, hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildirishayotganini ma’lum qildi.