Vagondagi to‘shak orasiga yashirilgan pnevmatik qurol qismlari fosh etildi

Qoraqalpog‘iston bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan O‘zbekistonga pnevmatik qurol qismlarini olib kirishga uringan fuqaro aniqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 1 mar - Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan O‘zbekistonga pnevmatik qurol qismlarini olib kirishga uringan fuqaro aniqlandi.

Toshkent viloyatida erkak sobiq xotinini o‘ldirish uchun “killer” yolladi

O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasining ma’lum qilishicha, “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Moskva-Toshkent” yo‘lovchi poyezdida fuqaro Yu.S.ning yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkaziladi.

Natijada ushbu shaxs vagon to‘shagiga o‘rab yashirgan holda 7 xil turdagi pnevmatik qurollarning 446 dona qismlarini O‘zbekistonga olib kirishga uringanligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.