TOShKENT, 1 mar – Sputnik. Qozog‘istonda Qirg‘izistondan kartoshka, olma va xurmo olib kirish bo‘yicha vaqtinchalik cheklovlarni bekor qilish haqida bayonnoma imzolandi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati xabar qildi.
28 fevral kuni Ostonada Qirg‘iziston bosh vazir o‘rinbosari Jenish Razakov Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Jenis Kasimbekov bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Qirg‘iziston veterinariya va fitosanitariya xavfsizligi bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqilib, meva va savzavotlarni olib kirish bo‘yicha vaqtinchalik cheklovlarni bekor qilish to‘g‘risida bayonnoma imzolandi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston O‘zbekiston anorini, Qirg‘iziston kartoshkasi, olmasini va xurmosi kiritilishiga ta’qiq qo‘ygandi.
“O‘zdavkarantin” Qozog‘istonning O‘zbekistondan anor olib kirishga qo‘ygan taqiqi bo‘yicha bayonot tayyorlagandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni Qozog‘iston vakolatli idoralari bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.