Ben Ladenning o‘g‘li Markaziy Osiyoda qidirilmoqda

Avvalroq AQSh hukumati “Al-Qoida” terrorchilik guruhining yetakchilaridan biri bo‘lgan Hamza ben Laden haqidagi ma’lumot uchun 1 million dollargacha pul mukofotini e’lon qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 1 mar - Sputnik. “Al-Qoida” terrorchilik guruhining asoschisi Usama ben Ladenning o‘g‘li Hamza Afg‘oniston va Pokiston chegaralarida yoki Eronda yashirinayotgan bo‘lishi mumkin.

Ben Laden o‘z rafiqasi tishiga josuslik chipini o‘rnatishlaridan xavfsiragan

Bu haqda AQSh Davlat departamentining diplomatik xavfsizlik bo‘yicha burosi rahbari Maykl Evanoff ma’lum qildi, deb xabar qildi RIA Novosti.

“Biz u Afg‘oniston va Pokiston chegaralarida bo‘lishi mumkinligini taxmin qilyapmiz. Ehtimol, u Eronga ketgan. U terrorchilarning yangi yetakchisi bo‘lishi mumkin... Markaziy Osiyo janubidagi istalgan yerda bo‘lishi mumkin”, - dedi Evanoff.

Avvalroq AQSh hukumati terrorizmga aloqadorlik uchun sanksiyalar ro‘yxatida bo‘lgan Hamza ben Laden haqidagi ma’lumot uchun 1 million dollargacha pul mukofotini e’lon qilgan.