Ukraina Yevrovidenie tanlovida ishtirok etishdan voz kechdi - sabab nima?

Ukrainaning eng yaxshi to‘rt musiqiy jamoalari nufuzli Yevropa tanlovida ishtirok etishdan voz kechishdi.
Sputnik

TOShKENT, 28 fev – Sputnik. Ukraina bu yil bo‘lib o‘tadigan "Yevrovidenie-2019" tanlovining haddan ortiq siyosiylashgani sababli unda ishtirok etishdan voz kechdi, deb xabar qildi RIA Novosti, Ukraina milliy teleradiokompaniyasi (NOTU)ga asosan.

“Milliy tanlov jarayonining haddan tashqari siyosiylashgani sababli NOTU "Yevrovidenie-2019" tanlovda ishtirok etishdan voz kechdi”, – dedi kompaniya rahbarlaridan biri Aleksandra Kolsova.

Eslatib o‘tamiz, ushbu hodisadan bir necha kun oldin Ukraina ichida o‘tkazilgan milliy tanlov g‘oliblari birin-ketin Yevrovideniyeda ishtirok etishdan bosh tortgan edi.

"Yevrovidenie-2016" bolalar konkursida Gruziya g‘olib chiqdi

Dastlab finalga chiqqan guruhlardan biri Anna Maria, Qrimda 2014-yilda bo‘lib o‘tgan voqealarni “Rossiya agressiyasi” deb atashdan bosh tortgan edi. Undan so‘ng Yuko guruhi yakkaxon qo‘shiqchisi Rossiya fuqarosi ekanligi katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi.

Maruv taxallusli xonanda milliy tanlovda g‘olibi bo‘lgach, Rossiyaga uyushtirilgan gastrollari uchun uni keskin tanqid qilish boshlandi. Natijada Maruv bilan tanlov tashkilotchilari orasida kelishmovchilik yuz berdi va xonanda Yevrovideniyeda ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

Undan so‘ng NOTU milliy tanlovda ikkinchi o‘rinni olgan Freedom Jazz jamoasiga Yevropa qo‘shiq tanlovida ishtirok etishni taklif qildi. Freedom Jazz bunga rad javobini berdi.

Undan so‘ng tanlovda 4 o‘rinni olgan Kazka guruhi ham Yevrovideniyeda 2019 da ishtirok etishdan bosh tortdi.

“Biz o‘z musiqamiz bilan odamlarni birlashtirishni maqsad qilganmiz, bir-biriga qarama qarshi qilishni emas”, - deb javob berishdi ular.

Yevrovidenie-2017 Ukraina o‘rnida Rossiyada o‘tishi mumkin

Milliy tanlovda to‘rtinchi o‘rinni olgan Brunettes Shoot Blondes guruhi, ular ham Yevrovideniyeda  ishtirok etish niyatlari yo‘qligini oldindan aytib qo‘yishgan.

Bunakasi birinchi marotaba bo‘layotgan bo‘lsa kerak – davlatning eng yaxshi to‘rt yosh musiqiy jamoalari nufuzli Yevropa tanlovida ishtirok etishdan, xolisona ravishda voz kechmoqda. Buni faqat musiqachilarga o‘tkazilayotgan siyosiy bosim bilan izohlash mumkin. Hamma ham Jamala emas.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda ukrainalik Jamala ismli yosh xonanda,  Qrim orolining o‘tmishi va bugungi kuniga bag‘ishlangan qo‘shiq aytib chiqqib, birinchi o‘rinni egallagan edi. Bu safar esa, Yevrovideniyeni o‘z foydasiga siyosiylashtirish ssenariysi o‘tmadi.